Get Mystery Box with random crypto!

Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar miqdorini oshi | IpakNews.uz

Rossiya o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar miqdorini oshiradi

O‘zbekiston uchun yana 50 ta o‘rin ajratiladi.Rossiya 2023/2024 o‘quv yilida Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalari uchun kvotalar sonini oshiradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
«2023/2024 o‘quv yilida biz Qozog‘iston fuqarolarini o‘qitish uchun kvotani sezilarli darajada oshirmoqdamiz – 200 ta o‘rin, Qirg‘iziston – yana 200 ta, O‘zbekiston – plyus 50 ta va Tojikiston – plyus 152 ta o‘rin», dedi Galuzin.
Unga ko‘ra, Rossiyada hozirda Markaziy Osiyo davlatlaridan 185 mingga yaqin talaba ta’lim olmoqda, shundan 68 mingga yaqini Rossiya budjeti hisobidan.
Bundan tashqari, Galuzin yaqin kelajakda bir qator Markaziy Osiyo davlatlarida Rossiyaning yetakchi universitetlari filiallarini ochish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.

Obuna bo’ling || подписаться
https://t.me/ipakyulinews