Get Mystery Box with random crypto!

​​Markaziy bank koordinatorligi ostidagi “Global Money Week 20 | Ipak Yuli Bank

​​Markaziy bank koordinatorligi ostidagi “Global Money Week 2023” yillik global ta’lim kampaniyasi doirasida “Ipak yo‘li” AITB uchinchi marotaba Respublikamiz hududlarida keng ko‘lamli tadbirlarni o‘tkazmoqda.

“Pulingizni rejalashtiring. Kelajagingizni yarating" mavzusida, joriy yilning aprel oyida, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi maktablarda o‘quv tadbirlari o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z ta’lim muassasalari o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslarda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.

Tanlov asosidagi ochiq darslar qiziqarli va samarali o‘tdi. Bolalar moliyaviy savodxonlikni o'rganishga qiziqish va istaklarini faol namoyon etdilar.

Eng yaxshi ochiq darslar quyidagi maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazildi:

9-umumta’lim maktabi:
O‘qituvchi — Muratova Barno Ibragimovna
O‘qituvchi – Xodjaeva Marianna Botirovna

23-umumta’lim maktabi:
O‘qituvchi — Jeparova Nargiza Shaxobiddinovna

3-son o‘rta ta’lim maktabi:
O‘qituvchi — Karimova Shahlo Zoirovna

O'qituvchi va o‘quvchilar bank tomonidan mukofot hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

GMW 2023 ko‘rgazmasida ishtirok etish yoshlarimiz hayotiga, ularning moliyaviy savodxonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kelajakda ularning daromadlari oshishiga, tadbirkorlik g‘oyalari paydo bo‘lishi va imkoniyatlari kengaytirishga xizmat qiladi!

Biz yoshlarimiz moliyaviy savodxonligi oshishiga hissa qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz.

Bolalar — bizning kelajagimiz!

———

В рамках ежегодной глобальной образовательной кампании «Global Money Week 2023» АИКБ «Ипак Йули» уже в третий раз проводит масштабные мероприятия в регионах Узбекистана. Данное мероприятие было организовано Центральным банком Республики Узбекистан.

Под девизом «Планируйте свои деньги. Создавайте своё будущее» в апреле текущего года, прошли образовательные мероприятия в школах города Карши и Кашкадарьинской области.

Учащиеся среднеобразовательных учреждений получили теоретические знания, а также развили практические навыки по финансовой грамотности на открытых уроках.

Конкурсные открытые уроки прошли интересно и плодотворно. Дети активно проявили интерес и желание к познанию финансовой грамотности. 

Лучшие открытые уроки были проведены педагогами следующих школ.

Средняя общеобразовательная школа №9:
учитель — Муратова Барно Ибрагимовна;
учитель — Ходжаева Марианна Ботировна.

Средняя общеобразовательная школа № 23:
учитель — Джепарова Наргиза Шахобиддиновна.

Средняя образовательная школа № 34:
учитель — Каримова Шахло Зоировна.

Все участники как педагоги, так и учащиеся были награждены призами и памятными подарками от АИКБ «Ипак Йули».

Участие в GMW 2023 положительно влияет на жизнь нашей молодёжи, уровень финансовой грамотности, способствует росту их доходов в будущем, появлению предпринимательских идей и расширению их возможностей!

Мы гордимся тем, что вносим свой вклад в развитие  финансовой грамотности нашей молодёжи.

Дети — наше будущее!

Instagram | Facebook | Youtube | Tiktok | Web | Yandex Music | Spotify | Google Podcasts | Sticker | Android | IOS