Get Mystery Box with random crypto!

​Dunyodagi birinchi karta: Nima? Qayerda? Qachon? ⠀ Deyarli | Ipak Yuli Bank

Dunyodagi birinchi karta: Nima? Qayerda? Qachon?

Deyarli hammaning plastik kartasi bor bo‘lgan bir davrda, ular har doim bo‘lgandek tuyuladi. Lekin bunday emas.

Bank kredit kartalariga Bruklin (AQSh) Milliy bankining iste’mol kreditlari bo‘yicha mutaxassislaridan biri — Djon S. Biggins asos solgan.

1946-yilda Charge-it nomli kredit sxemasiga muvofiq ishni tashkillashtirdi. U do‘konlar tomonidan xaridorlardan qabul qilinadigan tilxatlarni ko‘zda tutgandi. So‘ngra, do‘kon bu tilxatlarni bankka topshirgan. Bank esa shu xaridorlarning qarzlarini to‘lab bergan.

Birinchi to‘lov karta tizimi esa 1949 yilda tashkil etilgan Diners Club bo‘ldi. Mijozlar va kompaniyalar o‘rtasida hisob-kitoblarni o‘z zimmasiga oluvchi vositachi bo‘lgan. Bu orqali u dunyodagi birinchi va ommaviy karta bo‘la oldi.

—————————

Первая карта в мире: Что? Где? Когда?

Сейчас, когда практически у всех есть пластиковые карты, кажется, что они были всегда. Но нет.

Начало банковским кредитным картам положил Джон С. Биггинс — один из специалистов по потребительскому кредиту из Национального банка в Бруклине (США).

В 1946 году он организовал работу по кредитной схеме под названием Charge-it. Она предусматривала расписки, принимавшиеся магазинами от покупателей. После, магазин сдавал эти расписки в банк. А тот оплачивал их со счетов тех самых покупателей.

Первой же платежной карточной системой была Diners Club, созданная в 1949-м. Между клиентами и компаниями существовал посредник, бравший на себя расчеты. Это позволило ей стать первой и массовой картой мира.

Facebook | Instagram | Telegram | Youtube | Ipak Yo'li Mobile | TikTok | LinkedIn | Карьера в Ipak Yo‘li