Get Mystery Box with random crypto!

invoice.uzasbo.uz da quyidagi o'zgarishlar kiritildi: YTTga i | Invoice yangiliklari

invoice.uzasbo.uz da quyidagi o'zgarishlar kiritildi:

YTTga ishonchnoma va hisobvaraq-faktura yuborishda uning JSHSHIRni tanlab bo'lmasdi, avtomatik tarzda STIR asosida chiqib qolardi. Shu holat to'g'rilandi.

Ishonchnomani ro'yxatdan tanlab emas, uni ochib jo'natishda ham ekranda chiqadigan kompyuterda mavjud ERI kalitlarini qidiruv berib topish imkoni qilindi

Agar shartnoma bo'yicha xarid qilinayotgan tovar (ish, xizmat)lar nomi birdan ortiq bo'lsa, unga nisbatan hisobvaraq-faktura tuzishda esa faqat ma'lum bir tovar (ish, xizmat)largina qoldirilib, qolganlari o'chirib yuborilsa, mazkur hujjatni g'aznachilik organlarida ro'yxatdan o'tkazib bo'lmayotgandi. Chunki shu vaqtgacha tovar (sih, xizmat)ning shartnomadagi tartib raqami bo'yicha ma'lumotlar o'zaro almashinilmasdi. Shu holat to'g'rilandi va endi avvalgidek hisobvaraq-faktura tuzishda ro'yxatda chiqayotgan tovar (ish, xizmat)larni aslida olinmagan bo'lsada ro'yxatda miqdorini 0 qilib qoldirish talab etilmaydi.

Hisobvaraq-faktura va ishonchnoma tuzishda lot raqami ko'rsatiladi va bunda shu paytgacha tegishli savdo maydoni turi birinchi tanlanardi va undan keyin lot raqami terilardi. Natijada qaysi savdo maydoni ekanligini tanlashda tushunmovchiliklar kelib chiqardi. Endilikda lot raqami birinchi kiritiladi va unga tegishli savdo maydonini tizim o'zi avtomatik tarzda chiqarib beradi.

Qurilish hisobvaraq-fakturasining hisob-kitob jadvali va qurilish hisobvaraq-fakturasi ma'lumoti qo'shildi.

Ba'zi hisobvaraq-fakturalarni qabul qilishda uning statusi xato ekanligi bo'yicha ogohlantirish chiqib, qabul qilish imkoniyati bo'lmasdi. Endilikda hisobvaraq-faktura oynasida mazkur hujjatning my.soliq.uz tizimidagi joriy holatini yangilash bo'yicha tegishli tugma qo'shildi va bu orqali o'sha hujjatning holati my.soliq.uz dagi bilab bir xil qilib olinadi va ma'lum vaziyatlarda chiqayotgan xatoliklarning asl sababi to'g'risida xulosa qilish mumkin bo'ladi.

Katalogga yangi ma'lumot qo'shishda shu vaqtgacha qidiruv berilsa, ekranda tegishli sinf nomi va MXIK kodinigina ko'rsatardi va uning aslida nima ekanligini bilib bo'lmasdi. Endilikda esa pozitsiya osti nomi, brend nomi va atribut kabi ma'lumotlar ham chiqadigan qilindi va mazkur ma'lumotlar u katalogga qo'shilgandan keyin ham ko'rinib turadi.

@uzasboyangiliklari
https://t.me/Invoicenew