Get Mystery Box with random crypto!

Ayol kishi o‘z-o‘zini sevishi kerak! ●Lekin ushbu sevgi qanda | OILA VA INTIM XAYOT

Ayol kishi o‘z-o‘zini sevishi kerak!

●Lekin ushbu sevgi qanday bo‘lishi kerak?

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra deyarli 50% ayollar o‘zining ko‘rinishi, xarakteri, turmush tarzi bilan qoniqmas ekanlar

Natijada ular o‘z xayotlarini tushkun xolatda o‘tkazadilar.
Bunday ayollar o‘zlarini sevishni va qadrlashni aslo bilmas ekanlar...

Shunday ekan, boshqalarning mexr-muxabbatini o‘zini sevmay turib kutish mumkinmi ?

O‘z-o‘zini sevish - bu boshqalarni mensimaslikka kirmaydi. (Lekin aksariyat ayollar o‘zini sevishni ego bilan adashtirib qo‘yishadi. O‘zini sevishda birinchi o‘rinda adolat qilsa egoga kirib ketmaydi. Ya’ni boshqalarga va o‘ziga birdek munosabatda bo‘lish.)

Bu yanada yaxshiroq, aqlliroq, chiroyliroq va xayotda muvvaffaqiyatga erishish xissining mavjudligidir

Agar ayol kishi o‘z-o‘zini sevsa - uning o‘ziga buo‘gan ishonchi ortadi va u yorqin kelajak sari qadam qo‘yadi!

●Qanday qilib o‘zingizni sevishingiz mumkin?

Birinchidan, o‘zingizni boringizcha qabul qilishni o‘rganing!

O‘zingizni xayotdagi turli vaziyatlarning qurboniga aylantirmang!

O‘zingizni boshqalar bilan taqqoslashni bas qiling! Xar bir ayol o‘ziga yarasha go‘zallik va latofatga ega!

Kunglingizga zavq bag‘ishlovchi mashg‘ulot bilan shugullaning!

https://t.me/+iGaOKBKYJ340ZDMy