Get Mystery Box with random crypto!

Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga bes | ヽ༼Islomiyຈل͜ຈRuhiyat༽ノ

Zikr qilindi: Odam alayhissalom o‘g‘li Shis alayhissalomga besh narsani vasiyat qildi.
Shis alayhissalom ham o‘g‘illariga vasiyat qilishni buyurdi, birinchisi, «Bolalaringga aytgin, dunyo bilan xotirjam, oromli bo‘lib qolmasin. Chunki men abadiy jannat bilan xotirjam bo‘lib qoldim, Alloh mendan rozi bo‘lmadi va jannatdan chiqardi». Ikkinchisi: «Xotinlaringizning havosiga amal qilmangizlar. Men xotinimning havosiga amal qilib, man’ qilingan daraxtning mevasidan yedim va pushaymon bo‘ldim». Uchinchisi: «Qaysi amalni qilsangiz, oqibatini o‘ylang. Agar, men qilayotgan ishimning oqibatiga qaraganimda, menga yetgan bunday tushkunlikka tushmasdim». To‘rtinchisi: «Agar qalblaringiz biron narsa bilan iztirob cheksa, undan saqlaningizlar. Men daraxt mevasidan yeyayotgan vaqtimda qalbim iztirob chekdi. Lekin undan qaytmadim va pushaymonga qoldim». Beshinchisi: «Ishlaringizda maslahatlashingizlar. Agar men maloikalar bilan maslahatlashganim-da, (menga yetgan) bunday qiyin ahvolga tushib qolmasdim».
Shaqiq Balxiydan rivoyat qilindi, Alloh undan rozi bo‘lsin. Aytdi: «Ilmimdan to‘rt ming hadis chiqardim, to‘rt ming hadisdan to‘rt yuztasini chiqardim va to‘rt yuztasidan qirqtasini chiqardim va qirqtasidan to‘rttasini chiqardim.
Abu Layz Samarqandiy "tanbehul g'ofilun"