Get Mystery Box with random crypto!

#fikr1 Sirklardagi bahaybat fillar qanday o‘rgatilishini bila | Dunyoqarash | Biz kuchmiz

#fikr1

Sirklardagi bahaybat fillar qanday o‘rgatilishini bilasizmi?
Juda oddiy. Filni kichik va kuchsizligida yerga qoziqlangan zanjirga bog‘lashadi. Bu vaqtda fil qanchalik urinsa ham, chiransa ham zanjirni uzolmaydi. Qoziqni ham yerdan qimirlatishga kuchi yetmaydi. Bora-bora kuchsizligini tushunib, o‘zini urintirmay qo‘yadi. Vaqt o‘tib fil katta bo‘lgach kuchli bo‘lsa ham, o‘sha kichkina bo‘lib ko‘ringan zanjirni uzishga va qoziqni sug‘urishga kuchi yetmasligini o‘ziga singdirgani uchun, shu holatga ko‘nikib, harakat ham qilmay qo‘yadi.
Ko‘plab aqlli insonlar o‘z zehnlarining kuchini chegara va devorlar bilan to‘sib qo‘yganlar. Ularga hamma narsa qiyindek ko‘rinadi. Biror narsaga erishish uchun pul, tanish-bilish yoki boshqa sabablar kerak, deb hisoblaydi. O‘zlarining fikrlariga sirkdagi fil misoli asir bo‘lib yashaydi. O‘zlari chizgan chegaradan nariga aslo o‘tolmaydi.

"Qadam" kitobidan
@intilgangatoleyor1234567