Get Mystery Box with random crypto!

​ Assalomu alaykum! Sizlarga bugun VEB SAYT haqida gapiri | INTERNET Millionerlari

​ Assalomu alaykum!

Sizlarga bugun VEB SAYT haqida gapirib bermoqchiman.

Hozirda hayotimizni Internetsiz tasavvur qila olmaymiz. Juda ko'pchilik kunini kamida 3 soatini internetga sarflaydi. Shaxsan men Online ishlaganim uchun Internetga kuniga 10 soat vaqtimni sarf qilaman.

Men Internet orqali bilim olaman, mijozlar bilan suhbatlashaman, kasbimga tegishli yangiliklarni o'qiyman, onlayn kurslarimni yozib internetga chiqaraman, kanalimga maqola yozaman. O'zimga kerak ma'lumotlarni saytlardan izlayman. Keling endi SAYT haqida gapirib beraman.

Dunyodagi eng birinchi sayt 1991 yilning 6 avgustida paydo bo‘lgan, u Tom Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan.

"Sayt" tushunchasi hozirda juda keng tarqalgan bo'lib bizning kundalik hayotimizda ishlatiladigan so'zga aylanib bo'lgan. Bunga sabab Internet rivojlangani va unda faol foydalanishni boshlaganimiz bilan bog'liq. Hozirda istalgan ma'lumotimizni Internetdan topishimiz mumkin. Uydan chiqmagan holda mahsulotlar yoki xizmatlar sotib olishimiz mumkin. Har bir ma'lumotlar saytlarda saqlanadi.

Sayt nima degan savolga o'z fikrimni bildiraman: Sayt bu o'z ichiga ma'lumotlarni qamrab olgan Internetdagi sahifa hisoblanadi. Odamlar va kompaniyalar turli xil maqsadlarda veb-saytlar yaratadilar: tovar va xizmatlarni sotish, ma'lumot joylashtirish va topish, bilim olish, boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish, ko'ngil ochish va h.k.

Sayt turlari juda ko'p bo'lib men eng asosiy uchtasini sizga aytib o'taman. Bular: Informatsion sayt, Sotuvchi sayt, Internet magazin.

Veb saytga misol keltirman: Ma'lum bir mahsulot yoki xizmat turini sotish uchun uni internetda targ'ib qilib mijoz jalb qilmoqchi bo'lsangiz albatta o'z veb saytingizni yaratasiz. Veb saytda mahsulotingiz, kompaniyangiz va siz bilan bog'lanish uchun aloqa manzillarini yozib qoldirasiz va uni targ'ibot qilishni boshlaysiz.

Mahsulotingizni sotib olishi mumkin bo'lgan mijoz veb saytingizga kirib mahsulotingiz va kompaniyangiz haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladi va siz bilan bog'lanadi. Demak sayt haftada 7 kun 24 soat mijozlaringizga ma'lumot berib turuvchi ishchi desa ham bo'ladi.

Sayt yaratishga buyurtma bersangiz kamida 1 - 2 million so'm bilan yasab berishadi. Agar da saytingiz mijoz jalb qila olmasa unga sarflagan pulingiz va reklamaga tikkan pulingizga kuyasiz. Mijozlarni jalb qilib ularni issiq mijozga aylantirish uchun ma'lum bir strategiyalar qo'llanadi. Sayt yaratgan payti shularga e'tibor berishingiz kerak.

Agar siz mijozlarni jalb qilib ularni issiq mijozga aylantiradigan saytni hech qanday dasturlash tili yordamisiz o'z qo'lingiz bilan yaratishni xohlasangiz bizning Internet marketing onlayn kursimizga yoziling

Internet marketing onlayn kursimizni mashg'ulotlaridan birida sizga sifatli va sotuvchi sayt yaratishni o'rgatamiz. O'rganib bo'lib o'zingiz ham sayt yaratib berib oyiga 2 milliondan 4 milliongacha daromad ko'rishingiz mumkin. Yoki biznesingizda sotuvlarni rivojlantirish uchun qo'llashingiz mumkin. Bunday amaliy mashg'ulotlar bizni onlayn kurslarimizda juda ko'p.

Internet marketing onlayn kursimizda ishtirok etishni yoki u haiqda to'liq ma'lumot olishni xohlasangiz @Bunyodbek_Prodyuser yoki
@Bunyodbek_Prodyuser_bot
ga yozing.

@Bunyodbek_10X blogi.
Amalda katta marralarni zabt qilib ko'rsataman!