Get Mystery Box with random crypto!

BERUNIY AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI Deyarli 10 yildan beri tuma | INTELLECTUAL PROGRESS NTM

BERUNIY AXBOROT KUTUBXONA MARKAZI

Deyarli 10 yildan beri tumanimizda faoliyat yuritib, ikki mingga yaqin o’quvchilarning bilim olib, talaba bo’lishiga o’z hissasini qo’shib kelayotgan “INTELLECTUAL PROGRESS” o’quv markazi yoshlarning yanada ko’proq bilim olishiga o’z hissasini qo’shishda davom etmoqda.

“INTELLECTUAL PROGRESS” o’quv markazi tumanimizdagi yangi Axborot kutubxona markaziga homiylik qilib, yil davomida 1000 dona kitob sovg’a qilishga va’da berdi va hozirgi kungacha Axborot kutubxona markaziga 300 dona turli mavzudagi ilmiy va badiiy kitoblar sovg’a qilindi.

Bundan tashqari "INTELLECTUAL PROGRESS" o'quv markazi Axborot kutubxona markazi binosida o'z filialini ochdi. Darslarga qatnashib, bilim olishni xohlagan o'quvchilarni turli fan to'garaklariga taklif qilamiz.

Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir.
(Amir Temur)

Murojat: +99 897 787 05 65
+99 897 348 88 58