Get Mystery Box with random crypto!

Ishda fokus qilish uchun ba'zi tavsiyalar - Telefoningiz ish | Inspired

Ishda fokus qilish uchun ba'zi tavsiyalar

- Telefoningiz ish vaqtida zaryadka'da va uzoqroqda tursin. Kechqurun budilnik uchun ham har doim quvvat bo'ladi.

- Pomodoro metodidan foydalaning, 25 minut ish 5 minut dam.

- Ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlarga umuman kirmang. Ish vaqtida post yozmang.

- Xamkasblar bilan ish yuzasidan gaplashish uchun Slack'dan foydalanishingiz mumkin.

- Orada kattaroq tanaffusda ko'cha aylanib kelish yoki 0.5k - 1km yurish juda foydali.

- Ishxonaga kirganda hamma bilan alohida salomlashish shart emas, umumiy salom berilsa ma’qul.

- Tushlik har kuni bir xil vaqtda qilinishi ma'qul.

- Musiqa bu musr. Birinchidan joiz emas, keyin boshni og'ritadi. YouTube'da pure-nature sound'lar bor, shular yaxshiroq.

P.S. Hammasi kuzatuv va kichik tajribadan. Kimda yana qanday tavsiya bo'lsa izohlarda qoldirishingiz mumkin.