Get Mystery Box with random crypto!

Rezyume yozish Rezyume sizni interivew'ga olib kirishga yorda | Inspired

Rezyume yozish

Rezyume sizni interivew'ga olib kirishga yordam beradigan eng yaxshi tashrif qog'oz. O'rtacha proffessional recruiter sizni rezyumeingizni ko'rish uchun 10 soniya vaqt ajratadi. Shu oz fursat ichida siz rezyumeingiz bilan interview'ga kirishga loyiq nomzod ekanligingizni isbotlashingiz kerak.

- Rezyume to'liq ingliz tilida bo'lsin va grammatika hatolarni grammarly'dan tekshiring.

- Rezyume juda ham sodda ko'rinishda bo'lsin. Ikonkalar, rang-barang va allambalo shriftlar umuman ishlatmang.

- Rezyume .pdf formatida bo'lsin. Chunki .rar, .doc formatidagi fayllar recruiter macOS ishlatadigan bo'lsa ocha olmaydi.

- Rezyume template generator'lardan umuman foydalanmang. Eng yaxshisi google docdan foydalanib pdf formatida yuklab olish.

- Qanchalar chiroyli bo'lsangiz ham rezyumega umuman rasmingizni joylamang. Birinchidan USA'da bu holat taqiqlanadi (diskiriminatsiya, ratsizmga oid masalalar). Ikkinchidan rasm juda ham ko'p joy egallaydi.

- Yolg'on ishlatmang. Interview'da rezyumeyingiz bo'yicha savollar berilishi mumkin.

- Rezyumeda ikki yoki uchta bo'lim bo'lishi tavsiya qilinadi.

- Education bo'limi. Qaysi universitetda o'qiganingizni yozganingiz ma'qul. Va o'qish mobaynida erishgan natijalaringizni list shaklida yozing. Misol uchun 3.7+ GPA, Students Hackaton 1-o'rin va hokazo.

- Experience bo'limi. Asosan topshirayotgan ishingizga oid tajribalarni yozing, 7-sinfda to'yxonada ishlaganingizni emas. Har bir ish tajriba yozilganidan so'ng, list shaklida u yerda amalga oshirgan ishlaringizni yozing, bu eng muhim nuqta:

Shablon:
[x] narsani amalga oshirdim, [y] natijaga erishish uchun, [a, b, ...] texnologiyalardan foydalanib.

Misol:
1) Minimized performance tests of react app from 7.5ms to 2ms, by implementing memoization.
2) Created reusable components with TypeScript used by 5+ colleagues on average 50+ times.


Foydali linklar:

1) Google tavsiya qiladigan rezyume maslahatlar.




2) Darkhonbek Mamataliyevning rezyume template'i.
https://github.com/darhonbek/resume_templates

3) Rezyume chat.
https://t.me/resume_review/3

#internship_to_junior

@inspired_engineer