Get Mystery Box with random crypto!

TABASSUM QILING NAVRUZ ZIYO G‘am qayg‘uga arzmas dunyo, Alam | Inson Taqdiri

TABASSUM QILING

NAVRUZ ZIYO
G‘am qayg‘uga arzmas dunyo,
Alamlarni bir chetga suring.
Tabassum ham bir mehir giyoh,
Ey Do‘stginam tabassum qiling

Shodiyona ⚘:
Qalbingizga yetmasin ozor
Davr suring davronlar suring.
Quvonchlardan gullasin bahor
Ey dòstginam tabassum qiling.

NAVRUZ ZIYO
Kim ham to‘sqin qilardi sizga,
SHondonlikda olamni yenging.
Men ham shuni ilindim sizga,
Ey do‘stginam tabassum qiling.

Shodiyona ⚘:
Mayli yomon desin birovlar
Parvo qilmay jilmayib qòying.
Yengolmasin sizni sinovlar
Ey Dòstginam tabassum qiling

NAVRUZ ZIYO
Har qadamda yashnasin gullar,
Yomonlikga siz mag‘rur turing.
Ko‘z yoshlarga arzimas bulur,
Ey do‘stginam tabassum qiling.

Shodiyona⚘
Boshingizni egmasin hech ģam
Dildan qayģu doģlarni yuving.
Qòl siltangda dunyo ishiga
Ey Dòstginam tabassum qiling.

NAVRUZ ZIYO
Unutamiz barcha g‘amlarni,
Kelsa sinov siz olg‘a yuring.
Eslab yuring shirin damlarni,
Ey do‘stginam tabassum qiling.

Shodiyona ⚘:
Dòstim dedim dòstimsiz axir
Keragimsiz siz shuni biling.
Shirin xayot bòlmasin taxir
Ey dòstginam tabbasum qiling.

NAVRUZ ZIYO
Sira g‘amga egilmasin bosh,
Bog‘lar uzra gullarni eking.
Nega kerak aytingchj ko‘z yosh,
Ey do‘stginam tabassum qiling.

MUALLIFLAR
NAVRUZ ZIYO VA SHODIYONA

@Insontaqdiri