Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi ayol bir vaqtni o‘zida hamma narsang bo‘la oladi. U | Inson Taqdiri

Yaxshi ayol bir vaqtni o‘zida hamma narsang bo‘la oladi.

U Bomdodga uyg‘otuvchi budilnik, qorningni to‘yg‘azuvchi oshpaz, g‘amgin paytlaringda hamdard, hursand paytingda hamsuhbat, kasal paytingda tabib, mulkingni asrovchi xazinabon, ko‘nglingni ovlovchi xuri-g‘ilmon, adashganingda yo‘lingni yorituvchi fonus, bolalaringga tarbiyachi, gunohlaringdan qo‘rib, poklovchi masihingdir!

Yaxshi erkak ham xuddi shu kabi, sen o‘sib ulg‘aygan va tashlab kelganing- u ortda qolgan yaqinlaring o‘rnini to‘ldirguvchi, otangday suyanch bo‘ladigan, onangday g‘amho‘rlik qiladigan, akangday sha’ningni o‘ylaydigan, opangday og‘riqlaringni so‘ramay o‘rnini topadigan, singlingday qalbingni izzat qiladigan, ukangday yoningga tirkog‘ichlik qiladigan, o‘ksitmaydigan, injitmaydigan va yolg‘iz ayollikni havas qildirmaydigan bo‘ladi!

Chunki umr qisqa. U yaxshi hamroh bilan o‘qilgan eng go‘zal hikoyaga aylanishi uchun ikki tomon ham bir-birini qadrlashi kerak!

Ummu Zaynab ummu


@Insontaqdiri