Get Mystery Box with random crypto!

Qur’on o‘qigan ayol oilasin o‘ylaydi, Yaxshi - yomon kunlarin | Inson Taqdiri

Qur’on o‘qigan ayol oilasin o‘ylaydi,
Yaxshi - yomon kunlarin sabr bilan bog‘laydi.
Qur’on o‘qigan erlar kasbu korin poklaydi,
Rizqini halolligin ibodatga yo‘llaydi.

Qur’on o‘qigan ayol torlikda "dod" demaydi,
Rizqini Allohdan deb, shukurga bel bog‘laydi.
Qur’on o‘qigan ayol kenglikda xovliqmaydi,
Sarmoya sarflashda isrofga yo‘l qo‘ymaydi.

Qur’on o‘qigan kelin baxtini ko‘p o‘ylaydi,
Kelin bo‘lgan uyini o‘z uyim, deb o‘ylaydi.
Qur’on o‘qigan kelin qaysarlik hech qilmaydi,
Chaqimchilab hammani dushman qilib qo‘ymaydi.

Qur’on o‘qigan qaynona yoshligini o‘ylaydi,
Nasihatni Qur’onu, hadis bilan qo‘llaydi.
Qur’on o‘qigan ona qizim omonat, deydi,
Omonat egasini vafo bilan siylaydi.


@Insontaqdiri