Get Mystery Box with random crypto!

​​Qur’oni Karimda kelgan axloqlar! SODIQLIK 'Ey iymon keltirg | Inson Taqdiri

​​Qur’oni Karimda kelgan axloqlar!

SODIQLIK
"Ey iymon keltirganlar, Allohga taqvo qilinglar va Sodiqlar ila birga bo‘linglar"
Tavba surasi, 119-oyat

Omonatdorlik
"Albatta, Alloh sizlarga omonatlarni o‘z ahliga erishtirishingizni buyuradi..."
Niso surasi, 58-oyat

Tavoze’lik
"Sizga ergashgan mo‘minlarga qanotingizni paslating"
Shuaro,215-oyat
(Alloh azza va jalla Rasulullohga xatto Payg‘ambar bo‘lsalar ham, iymoni bor kishilarga tavoze’lik-la muomala qilishga buyurmoqda)


AVF QILISHLIK
"Ey Muhammad -sav-) Ularni afv eting va ayblarini o‘tib yuboring. Albatta, Alloh yaxshilik qiluchilarni sevar"
Moida, 15-oyat

XUSHMUOMALALIK, MULOYIMLIK
"Fira’vnga boringlar, chunki, u tug‘yonga ketdi. Unga yumshoq so‘z aytinglar. Shoyad, eslasa yoki qo‘rqsa"
Toha, 33-34-oyatlar

(O‘ylab ko‘ringa, "Men sizlarni buyuk robbingizman" deb aytgan Fir’avnga «muloyimlik bilan yumshoq so‘z aytinglar» deb buyuryapti! O‘zimizga bir boqaylik, iymoni bor kishilarga qanday muomalada bo‘layotganimizga! Kimdir biror xatoga yo‘l qo‘ygudak bo‘lsa, unga nasihat qilish o‘rniga koyiymiz! Alloh taolo yana boshqa oyatda «Robbingiz yo‘liga go‘zal ma’ruza va hikmat ila da’vat eting» deb aytadi.)

SHUKR AYTMOQ
"Robbingiz- «Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman. Agar kufr keltirsangiz, albatta, azobim shiddatlidir» deb bildirgan
Ibrohim surasi, 7-oyat

SABR
"Ey, iymon keltirganlar! Sabr qiling va sabir ila g‘olib keling. Kurashga bel bog‘lab turing. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, yutuqqa erishsangiz"
Oli-Imron, 200-oyat

Mustaqiym turishlik
"Bas, siz va siz bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tug‘yonga ketmanglar."
Hud surasi, 112-oyat

MEHRIBONLIK
"Ikkovlariga (ota-onaga) mehribonlik ila xokisorlik qanotingizni pastlating va «Robbim, ular meni kichiklikda tarbiya qilganlaridek, ularga rahim qilgin» deb ayting"
Isro surasi, 24-oyat

Qalbning salomatligi
"Ulardan keyin kelganlar «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat paydo qilmagin. Ey robbimiz albatta, Sen shafqatli va mehribonsan» derlar"
Hashr Hashr surasi, 10-oyat

HAYO
"Alloh uni ko‘rib turishini bilmaydimi?"
Alaq surasi, 14-oyat

(Ya’ni, Alloh ko‘rib turadiku, ma’siyat qilishdan uyalmaydimi?
Payg‘ambarimiz sav aytadilar: «Agar, uyalmasng, bilganingni qil» Bu Tahdid usllubi bo‘lib, "uyalmasang, istagingni qilaver, baribir hisobi bor, albatta javob berasan" degan ma’noni anglatadi.)

Alloh taolo axloqimizni, Qur'on axloqi qilsin Amiyn!
Sizda qay biri mavjud?
Qay biri mavjud emas?
Tekshirib ko‘ring.

@Insontaqdiri 𝘬𝘰'𝘯𝘨𝘪𝘭𝘥𝘢𝘨𝘪 𝘴𝘢𝘵𝘳𝘭𝘢𝘳 𝘴𝘪𝘻 𝘶𝘤𝘩𝘶𝘯 𝘮𝘢𝘹𝘴𝘶𝘴