Get Mystery Box with random crypto!

​​- Janob Allohning ilmi qay darajada? Qo'liga qog'oz-qalam o | Insight تبصر

​​- Janob Allohning ilmi qay darajada?
Qo'liga qog'oz-qalam olib katta doira chizdi:
- Hoy cho'pon mana bu doirani ko'ryapsanmi?
- Ha ko'ryapman.
- Bu butun doirani koinot deb xisobla. Bu doirani va uning tashqarisidagi cheksiz makon Allohning ilmi!
- Tushundim

- Xa janob. Payg'ambarimiz alayhissalomning ilmlari qay darajada?
U doira o'rtasiga yana bir kichik doira chizadi:
- Mana bu kichik doirani dunyo deb tasavvur qil. Payg'ambarimiz alayhissalomning ilmini dunyo qadar deb bil.

- Boshqa Payg'ambarlarning bilimlari qay darajada?
Ibn Kamol doira ichida yana bir necha doiralar chizdi:
- Ularning bilimlari shu chizilgan doiralar kabi.

Chupon yana sekin muloyim ohangda so'radi:
- Avliyo va ulomolarning bilimlari qanchalik janob?
Ibn Kamol doiralarning o'rtasiga kichkina nuqta qo'yadi:
- Ularning bilimlari nuqtaning o'lchami qadardir.

-Rahmat janob! Yana bir savolim bor.
- So'ra.
Bu savol Ibn Kamolni larzaga soldi:

- Janob, siz shu nuqtaning qayeridasiz?

Ibn Kamol cho'ponning ko'zlariga tikilib o'rnidan turdi.

- Buni men ham bilmayman, deb javob beribdi.


@insight_pg