Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat Oliy ta’lim muass | Insa Education Centre
Abituriyentlar uchun qo‘shimcha imkoniyat
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ham ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda abituriyentlarda OTMlarga kirish test sinovlarida to‘plagan ballari bilan professional ta’lim muassasalariga kirish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
abituriyent professional ta’lim muassasasiga kirish uchun tanlayotgan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi va ketma-ketligi OTMarga kirish uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishining fanlar majmuasi bilan bir xil bo‘lsa;
abituriyent oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan bo‘lsa;
professional ta’lim muassasalariga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishda mazkur imkoniyatdan foydalanishni tanlasa.
Agar mazkur shartlar bajarilmasa yoki abituriyent mazkur imkoniyatdan foydalanishni istamasa barcha abituriyentlar kabi professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi Test variantlar vs o'tish ballarini qancha ekanligini @Abituriyentlar_Roobot orqali bilib olishingiz mumkin!
"Intellektual Sayyora" ("INSA") o'quv markazining telegramdagi rasmiy kanali. Manzilimiz: Toshkent shahar Chilonzor tumani, Mirzo Ulug'bek metro bekati yonida. . Qo'shimcha ma'lumot uchun:. ☎️ 99...