Get Mystery Box with random crypto!

Eslatma Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) bil | Insa Education Centre

Eslatma

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) bilan kelishlari lozim!

Ma’lumki, 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari ikki smenada:

-smena — 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smena — 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tmoqda.

Bunda abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:

-smenada 06:30 ga qadar;
-smenada 18:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

Shu sababli barcha abituriyentlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlarini so‘raymiz.