2021-10-20 18:29:33
Bir attestatsiyada bir-nechta fanlardan malaka toifasini olish mumkin.
Assalomu alaykum, mening mutaxassisligim, amaliy matematika va informatika. Joriy yilda informatika fanidan 82.50 bal toʻplab 2-toifani oldim. Men 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada informatika fanidan 1-toifaga, matematika fanidan esa 2-toifaga talabgorlik qilishim mumkinmi?
Nizomning 18-bandi: Pedagog kadrlar oliy ma’lumot olganligi yoki qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganligi haqidagi diplomda (keyingi oʻrinlarda — diplom) koʻrsatilgan tayyorlov, ta’lim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisosligiga mos keladigan oʻquv fanlar boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
Pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yoʻnalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik koʻrsatilgan boʻlsa, ular dars berayotgan har bir oʻquv fani boʻyicha alohida attestatsiyadan oʻtadi, professional ta’lim tashkilotlarining umumkasbiy va maxsus fan oʻqituvchilari bundan mustasno.
Professional ta’lim tashkilotlarida ikki yoki undan ortiq umumkasbiy va maxsus fanlardan dars berayotgan pedagog kadrlar oʻquv yuklamasi koʻp boʻlgan bitta oʻquv fani boʻyicha, bir nechta fandan oʻquv yuklamasi teng miqdorda boʻlgan hollarda pedagog kadr tomonidan tanlangan oʻquv fani boʻyicha attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Bunda professional ta’lim tashkilotlari umumkasbiy va maxsus fan oʻqituvchilariga attestatsiya natijalari boʻyicha berilgan lavozimi ular dars berayotgan fan sohasi boʻyicha boshqa oʻquv fanlariga ham tegishli boʻladi.
Siz, bir attestatsiyada bir nechta fandan ishtirok etishingiz mumkin. Faqat, ishtirok etayotgan
har bir faningiz boʻyicha alohida-alohida murojaat qilishingiz, har bir fan uchun
alohida pedagogik mahorat va psixologik tayyorgarlik natijalari toʻgʻrisida ma’lumotnoma taqdim etishingiz hamda
har bir fan uchun alohida-alohida toʻlovlarni amalga oshirishingiz kerak boʻladi (toʻlov faqat navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etayotganlarga tegishli).
«ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ» каналига уланиш учун қуйидаги линкни босинг!
https://t.me/innovatsion_dars
3.5K views15:29