Get Mystery Box with random crypto!

NAVRO'Z Milliylikdan darak, beradi asli, Betakror, begʻubor | ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ

NAVRO'Z

Milliylikdan darak, beradi asli,
Betakror, begʻubor navbahor fasli,
Bezangan, yasangan, kelinchak misli,
YANGI KUN uyg'onish Navro'z muborak!!!

Ko'klam go'zalligin kuylaydi hofiz,
Gul-lolalar alvon ochildi nafis,
Hidlarin taratdi mast qilib yalpiz,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!

Ko'klamoy sogʻindim sumalagingni,
Yetti xil tovlangan kamalagingni,
Qizlar sochidagi jamalagingni,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!

Navro'z barchamizga muborak bo'lsin,
Qalbimiz mehrga limmo-lim to'lsin,
O'zbegim bayrami muborak bo'lsin,
YANGI KUN uygʻonish NAVRO'Z muborak!!!


Navro'zi olam muborak bo'lsin. Bayramona kayfiyat sizlarni tark etmasin. Sog'lik-salomatlik, tinchlik, baxt va omad, oilaviy totuvlik sizni hamrohingiz bo'lsin. Dasturxoningizdan qut-baraka arimasin. YANA BIR BOR “NAVRO'Z” AYYOMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN.

@moychechak_ifori