Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini o‘rganish uchun 5 muhim usul Xorij tilini o‘rgani | Innova Education

Chet tilini o‘rganish uchun 5 muhim usul

Xorij tilini o‘rganish uzoq vaqt va sabr talab etadi. Biz sanab o‘tgan quyidagi usullarni qo‘llaganda esa juda oson va tez o‘zlashtirib olishingiz mumkin.

Maqsad qo‘ying. Sizga chet tilini o‘rganish nima uchun kerakligini aniqlab oling. Bemaqsad harakat besamar natijaga teng.

Takrorlab yuring. O‘rgandim, buni tarjimasini eslab qoldim, degan bilan doimiy foydalanilmagan so‘zlar yoddan ko‘tariladi.

Muloqot qiling. Bu qo‘rqmasdan, hayajonlanmasdan, bemalol fikringizni ifodalashga yordam beradi.

Chet tilidagi multfilm, kinolarni tomosha qiling. Xorij tilidagi musiqalarni tinglab kuylashga harakat qiling.

Smartfoningizga xorij tillarini o‘rgatadigan dasturlarni, qiziqarli ilovalarni yuklab qo‘ying. Bo‘sh vaqtingiz qoldi deguncha ulardan oqilona foydalaning.

Innova — bu orzular amalga oshishidagi aniq manzil.

+998916400088
+998995280088

Telegram l lnstagram l Facebook