2023-01-10 13:31:02
91-dars.
"Ravish shakllari" (2-qism) Ba’zi ravishlar fe’llar bilan birga ishlatiladi va alohida ma’no beradi. Fe’lning orqasidan kelayotgan ravishga qarab fe’lning ma’nosi o‘zgaradi.
Bu ravishlarga quyidagilar kiradi:
about, across, along, around, away, back, by, down, in, on, out, over, through, under, up va boshqalar.
Ba’zi hollarda birikmaning ma’nosi shu birikma tarkibiga kirgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqqan bo‘ladi:
to come back ~ qaytib kelmoq (come ~ kelmoq, back ~ orqaga)
to go away ~ ketmoq (go ~ bormoq, away ~ chetga)
to go down ~ pastga tushmoq (go ~ bormoq, down ~ pastga)
Boshqa hollarda birikmaning ma’nosi uning tarkibidagi so‘zlar ma’nosiga to‘g‘ri kelmaydi:
to make out ~ tushunmoq (to make ~ qilmoq, out ~ tashqarida)
to put out ~ o‘chirmoq (to put ~ qo‘ymoq, out ~ tashqarida)
to give in ~ yon bermoq, taslim bo‘lmoq (to give ~ bermoq, in ~ ichida)
Bu ravishlarni ko‘plarining shakli predloglar bilan mos kelganligi uchun ular predloglar bilan birga o‘rganiladi.
Yangi so‘zlar:
about — atrofda, tahminan
across — ko‘ndalangiga
along — bo‘ylab
around — atrofida
away — nariga
back — orqa
by — yaqinida, yonida
down — pastga, pastda
in — ichiga
on — -da, ustida
out — tashqariga
over — yuqorida
through — orqali
under — tagiga, tagida
up — yuqoriga, tepaga
https://t.me/ingliz_ingilis_tilini_ieltsuz
299 views10:31