Get Mystery Box with random crypto!

ngliz tilida artikl Aniq artikl: the Noaniq artikl: a v | Ingliz tilini o'rganamiz

ngliz tilida artikl


Aniq artikl: the
Noaniq artikl: a va an

Artikllar odatda ot oldidan ishlatiladi:

I have a cat – Menda mushuk bor
She is a teacher – U o’qituvchi
The book is on the table – Kitob parta ustida.

Artikllar shuningdek otni ifodalovchi sifat oldida ham ishlatilishi mumkin:

It is a red book
She is a nice student.

Agar sifat otsiz ishlatilsa, artikllar tushib qoldiriladi:

It is red
She is nice


Noaniq artikllar a, an faqat birlikdagi otlar bilan ishlatiladi, a book, a pen, a cat….

Sanalmaydigan otlar oldida ishlatilmaydi: a water yoki a money deyish xato

"A" artikl odatda undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatilsa "an" artikl faqat undosh tovush bilan boshlanadigan otlar oldida ishlatiladi.

a book , a cat, a university, an apple, an engineer, an hour

The esa birlikda ham ko’plikda ham ishlatilishi mumkin: The book, The books…. Shuningdek the sanaladigan yoki sanalmaydigan otlar bilan ham ishlatiladi:  The water… The teacher…

Misollar:

I have glasses. ( Ko’plikda – a /an )

You have a hat. ( birlik sanaladigan ot)

He has some strawberries. ( ko’plik, sanaladigan ot)

The cat has some water. ( Water sanalmaydigan ot a / an )

We have time to learn English. ( time va English sanalmaydigan ot)

They have a good relationship. ( relationship sanaladigan birlikdagi ot)

All three children have popsicles. The popsicles taste good. ( Popsicles ko’plikdagi sanaladigan ot)