Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 54-dars Ingliz | Ingliz tilini o'rganamiz

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 54-dars

Ingliz tilida artikl (2-qism)

Ingliz tilida a/an noaniq artikli otlar oldidan ishlatilishi va bitta, bir degan ma’noda kelishini avvalgi darsda bilib oldik. Misol:
A book – kitob yoki bitta kitob. 
A pen – ruchka yoki bitta ruchka. 
An elephant – fil yoki bitta fil.


Agar gaplarda noaniq artiklning o‘rniga "one" (bir) so‘zini ishlatsak grammatik jihatdan xato bo‘lmaydi.

Misollar:
I'd like an orange and two lemons please.
I'd like one orange and two lemons please.

I need a kilogram of sugar.
I need one kilogram of sugar.

A/an artikli faqatgina bitta narsalarga ishlatiladi. Agar biron nimani ko’plikda aytmoqchi bo’lsak a/an ishlatilmaydi.

Misol: 
a book – two books  (kitob – 2ta kitoblar)
An elephant – three elephants (fil - 3ta fillar)
A dog – dogs (it - itlar)


Eslab qoling: A va an asosiy farqi a artiklini consonants (undosh harflar) oldidan an artiklini esa vowels (unli harflar) oldidan ishlatamiz.

Misol:
a ball (koptok), 
a pen (ruchka), 
a box (quti),
an ant (chumoli),
an owl (ukki), 
an ostrich (tuyaqush)


Yodlash uchun yangi so’zlar
snake - ilon
ant - chumoli
frog - qurbaqa
octopus - sakkizoyoq
cow - sigir
insect - hashorot
bird - qush
lion - sher
alligator - timsoh
donkey - eshak
mouse - sichqon
fish - baliq
horse - ot
bee - asalari