Get Mystery Box with random crypto!

IELTS 7+ uchun kunlik dars rejasi! Buni 97% o'quvchilar bilma | Ingliz tilini o'rganamiz

IELTS 7+ uchun kunlik dars rejasi!

Buni 97% o'quvchilar bilmaydi!

Bilganlarning 10%i amalda qo'llashi mumkin, chunki odatni 21 kunda shakllantirish mumkin. Ko'plar 3 kundan tashlab qo'yishadi, "natija bo'lmayapti" deb. 10 oylab IELTS ga qatnaganingda natija bo'lmayaptiyu, 3 kunda nimani kutayapsan!

Grafikka e'tibor bering va aytilgan vaqtda aytilgan ishni qiling!

1.Har kuni sizga hech kim xalaqit bermaydigan 4 soatingizni aniqlab oling, (Men uchun bomdoddan keyingi 4 soat bo'lgan).

2.Listening Full section practice ni oling va bajaring. Xatolaringizni tekshiring va har bir xatoni to'g'ri uslubda analiz qiling. Qaysi savol turlarida ko'p xato qilayotganingizni aniqlang(1 soat).

3.Reading dan 2 ta passage oling(boshida). Bajaring, xatolarni tekshirib to'g'ri analiz qilishni o'rganing. Qaysi savol turlarida qoqilayotganingizni aniqlang(1 soat)

4.Yoki Writing task 1 yoki Writing Task 2 yozing. Birinchi haftada faqat yozing. Tekshirtirish haqida o'ylamang!(40 daqiqa)

5.Speakingni har bir savolini o'zingiz o'qib o'zingizga-o'zingiz
javob bering. Full speaking bo'lsin(30 daqiqa)

6. Lug'at ustida ishlang. Yoki mashqlari bor Collocation/Vocabulary kitoblaridan foydalaning yoki Definition bor IELTS lug'atlaridan misollari bilan birgalikda o'rganing.

Bu faqat birinchi hafta uchun. Ikkinchi haftada nima qilish uchun keyinroq post chiqaraman.

Bu uslub IELTS haqida xabari bo'lganlar uchun ishlaydi. IELTS ni endi boshlamoqchi bo'lganlar uchun sal keyinroq dastur haqida post chiqaraman!

Step small, Result big!
https://t.me/ingliz_ingilis_tilini_ieltsuz