Get Mystery Box with random crypto!

​​ ​​​​114-dars. Modal Verbs - Modal fe'llar (davomi) Mo | Ingliz tilini o'rganamiz

​​ ​​​​114-dars.

Modal Verbs - Modal fe'llar (davomi)

Modal fe’llar haqida yana bir tushuncha


“Modal fe'llar” yordamchi fe'llar bo'lib, ish-harakatning bajarilish imkoniyati, qobiliyati, extimolligi, zaruratini ifodalaydi.

Ko‘pgini modal fe'llar birdan ortiq ma'noni anglatadi.

Can, could, may, might, should, had better, must, will, va would fe'lning oddiy shaklidan oldin keladi.

Ulardan keyin to kelmaydi.
Noto‘g‘ri: He can to speak English

Asosiy fe'l -s qo'shimchasini olmaydi.
Noto‘g‘ri: He can speaks English

Asosiy fe'lning o‘tgan zamon shakli ishlatilmaydi.
Noto‘g‘ri: He can spoke English

Asosiy fe'l -ing shaklini olmaydi.
Notg‘g‘ri: He can speaking English

Can hozirgi va kelasi zamonda qobiliyatni ifodalaydi.
Bobur can play the piano.
— Bobur pianino chala oladi.

Bobur can speak English.
— Bobur inglizcha gapira oladi.

Can ning inkor shakli can't, cannot yoki can not deb yozilishi mumkin.
I ca't understand that sentence
— Men o‘sha gapni tushuna olmayapman.

Can ning o‘tgan zamon shakli could
Our son could walk when he was one year old.
— Bizning o‘g‘limiz bir yoshligida yura olardi.


https://t.me/ingliz_ingilis_tilini_ieltsuz