Get Mystery Box with random crypto!

​​ Present simple (question) - Oddiy hozirgi zamon (so'roq | Ingliz tilini o'rganamiz

​​
Present simple (question) - Oddiy hozirgi zamon (so'roq shakli)

Oddiy hozirgi zamondagi gapni so'roq gapga aylantirish uchun gapning boshiga "Do" yoki "Does" so'zini yozamiz:
Masalan:
I read - men o'qiyman. (darak gap)
Do I read? - men o'qiymanmi? (so'roq gap)

We love english - Biz ingliz tilini sevamiz.
Do we love english? - Biz ingliz tilini sevamizmi?

You like ice cream - Siz muzqaymoqni yoqtirasiz.
Do you like ice cream? - Siz muzqaymoqni yoqtirasizmi?

What, where, who, how kabi so'roq so'zlari gapning boshida do, does yordamchi fe'llaridan oldin keladi.
What do you do? - Nima ish qilasiz?
E'tibor bering: yuqoridagi gapda birinchi "do" oddiy hozirgi zamonni bildiruvchi yordamchi fe'l, ikkinchi "do" - qilmoq ma'nosidagi asosiy fe'l bo'lib kelyapti.


Savol berayotganda 3-shaxs birlikda (he/she/it) "does" ishlatiladi.
Does he live in Uzbekistan? - U O'zbekistonda yashaydimi?
Does she like hamburgers? - U gamburgerlarni yoqtiradimi?


Savollarga qisqa javoblar berish mumkin:
1-shaxsda
Do you read? - Siz o'qiysizmi?
- Yes, I do yoki No, I don't.

2-shaxsda - Yes, you do yoki No, you don't.
3-shaxs birlikda erkak bo'lsa - Yes, he does yoki No, he doesn't.
3-shaxs birlikda ayol bo'lsa - Yes, she does yoki No, she doesn't.
3-shaxs birlikda jinsi noma'lum yoki odam bo'lmasa - Yes, it does yoki No, it doesn't.
3-shaxs ko'plikda - Yes, they do yoki No, they don't.
Hammasi "ha" yoki "yo'q" degan ma'noda ishlatiladi.

Yangi so'zlar
read - o'qimoq
ice cream - muzqaymoq
What? - nima?, qanday?
Where? - qayerda?
Who? - kim?
How? - qanday?
in - da, ichida
Hamburger - gamburger



Kanalimizdan uzoqlashmang

•┈••┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•
   @ingliz_ingilis_tilini_ieltsuz •┈••┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•