Get Mystery Box with random crypto!

Dars #80 Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi | Ingliz tilini o'rganamiz

Dars #80 Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi

want –
xohlamoq
expect - kutmoq
would like - xohlamoq
ask - soʻramoq
mean - niyatda boʻlmoq
would prefer - afzal koʻrmoq

Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
He would like to come. (U kelishni xohlaydi)
I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)
We expected to be late.
verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)
I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)
We expected him to be late.

help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
Can somebody help me (to) move this table?

Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
tell - aytmoq
warn - ogohlantirmoq
enable - imkon bermoq
order - buyurmoq
force - majburlamoq
teach - oʻrgatmoq
remind - esga solmoq
invite - taklif qilmoq
persuade - koʻndirmoq
get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
cause - sabab boʻlmoq
entitle - huquq bermoq
challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
dare - undamoq
convince - ishontirmoq
hire - yollamoq
urge - undamoq
instruct - koʻrsatma bermoq
require - talab qilmoq
Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)
I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim)
Who taught you (how) to drive?

Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
I was warned not to touch anything.

Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
allow - ruxsat bermoq
recommend - tavsiya qilmoq
permit - ruxsat bermoq
encourage - ruhlantirmoq
advise - maslahat bermoq
urge - undamoq
I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
They don't allow parking in front of the building.
They don't allow people to park in front of the building.

Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)