162-dars. Kasr sonlar Ingliz tilida kasrlarning yozili | Ingliz tilini o'rganamiz
162-dars.
Kasr sonlar
Ingliz tilida kasrlarning yozilish va o'qilish qoidalari.
Oddiy kasrlarda surat sanoq son bilan, maxraj esa tartib son bilan ifodalanadi: | 1/3 — a one third | 1/100 — а one hundredth
Istisno holatlar: | 1/2 — a one half [hɑːf] | 1/4 — a one quarter [ˈkwɔːrtər]
Surat birdan katta son bo'lgan taqdirda, maxraj -s qo'shimchasini oladi: | 2/3 — two thirds | 8/10 — eight tenths
Murakkab kasrlar quyidagicha o'qiladi: | 3/462 — three over four-six-two | 22/7 — twenty-two over seven | 20/83 — twenty over eighty-three
O'nlik kasrlar
O'nlik kasrlar butun sondan vergul emas, balki nuqta yordamida ajratiladi. O'nlik kasrlarni o'qishda har bir raqam alohida o'qiladi. Butun sonni kasr son bilan ajratuvchi nuqta point deb o'qiladi. Nol zero ['zierou] yoki «о» [ou] deb o'qiladi. | 0.7 — zero point seven | 0.001— zero point double о one | 1.02 — one point zero two | 4.25 — four point two five
O'nlik kasrning butun soni nolga teng bo'lsa uning orqasidan keladigan ot birlikda ishlatiladi: | 0.75 centimetre — zero point seven five centimetre
Kasrda butun son bo'lgan taqdirda uning orqasidan keladigan ot ko'plikda ifodalanadi. | 1.75 centimetres — one point seven five centimetres
• Assalomu alaykum, ishoning, siz telegramdagi eng sifatli ingliz tilidagi kanaldasiz. • Kuniga atiga 10 daqiqa vaqtingizni sarflab Ingliz tilini biz bilan tez o'rganing!. . • Reklama va Taklifl...