Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 31-dars ​​​Future Continuous (negative | Ingliz tilini o'rganamiz

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ 31-dars

​​​Future Continuous (negative) - Kelasi davomli zamon (inkor shakli)

Kelasi davomli zamonda inkor gap yasash uchun "will" yordamchi fe'lidan so'ng "not" inkor yuklamasi qo'yiladi.

Formuladagi ko'rinishi:
EGA+WILL+NOT+BE+FE’L+ING


Misollar:
I will not be reading - Men o'qimayotgan bo'laman.

He/She/It will not be reading - U o'qimayotgan bo'ladi.
We will not be reading - Biz o'qimayotgan bo'lamiz.
You will not be reading - Siz o'qimayotgan bo'lasiz.
They will not be reading - Ular o'qimayotgan bo'ladi.


Davomli hozirgi zamon inkorda "I am not working" (men ishlamayabman) bo'lsa, davomli o'tgan zamon inkorda "I was not working" (men ishlamayotgan edim), Kelasi davomli zamon inkorda "I will not be working" (Men ishlamayotgan bo'laman) bo'ladi.

Taqqoslang

I will not work tomorrow - Men ertaga ishlamayman
(Kelasi oddiy zamon, inkor)

I will not be working tomorrow -
Men ertaga ishlamayotgan bo'laman (Kelasi davomli zamon, inkor)