Get Mystery Box with random crypto!

Tasanno, Xalqim! Ey,zahmatkash O'zbek xalqi, sening ko'zlar | Test2

Tasanno, Xalqim!

Ey,zahmatkash O'zbek xalqi, sening ko'zlaringga boqsam goh buyuk armonlaringni va goh baxtni ko'raman.
Necha-nechalar ko'ksingga nayzasin sanchmadi! Ayt,kimlar sening og'ushingda o'tmadi?
Buyuk Iskandar, Chingizu Botular alvon yoshlaringni to'kay dediya?!

Sen onasan! Sen Avliyo,Mutafakkirlarni dunyoga keltirgan mushfiq onasan!

Buxoriy deya atalmish dilbanding Allohga bo'lgan muhabbatimizni yanada yuksaltirdi. Tashakkur!

Manguberdi! Ha, o'sha, yurtini oridan ustun ko'rgan tanti farzanding! Tashakkur!

Xalqim! Sening Beruniy deya atalmish mutafakkiring bizga borliqni anglatgan. Tashakkur!

Temurdek adolatparvar,xalqparvar o'g'loningni bu dunyo yana ko'ra oldimi, ayt o'zing, Onam?

Sen tasavvurimda ko'z yosh to'kayotgandek gavdalanasan.
Nega yosh to'kayapsan, Ona Xalqim? deya so'roqlayman. Sen esa mahzun ohangda kuyunasan:
Sog'indim!
Kimni?
Avloniyni,Cho'lponni! Fitratu Oybekni qumsadim.
Ey,Ona Xalqim! O'ksinma! Sen bardoshlisan! Sen buyuksan!
Farzandlaring Sening tinchliging istab jon fido qildi
!
Sen bugun Mustaqilsan,Ona Yurtim! Sen "qumsagan farzandlaring" seni Jannat peshtoqida Yaratgandan har qachon omon bo'lishing so'ramoqda!

Biz seni asrab-avaylaymiz, O'zbekistonim
30 yoshing Muborak, Xalqim