Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyev: “Ibrat farzandlari” bilan faxrlanaman 2 | Rustam Qoriyev | Ingliz tili

Shavkat Mirziyoyev: “Ibrat farzandlari” bilan faxrlanaman

2023-yilning fevral oyida “Ibrat farzandlari” loyihasi jadidlarimizdan Is’hoqxon Ibrat tug‘ilib o‘sgan Namangan viloyatida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga taqdimot qilingan va davlat rahbari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

O‘tgan davr mobaynida loyiha doirasida 2 mingdan ziyod darslar e’lon qilindi, “Ibrat Academy” ilovasida 1 millionga yaqin o‘quvchi til o‘rganmoqda.

Loyihada ingliz, koreys, arab, nemis kabi 20 dan ortiq xorijiy tillarni o'zbek yoshlariga va, eng muhimi, xorijliklarga o'zbek tilini o'z sohasining yetuk mutaxassislari yordamida o'rgatib kelinadi.

Chet mamlakatlarda yashab turgan vatandoshlarimiz ham "Ibrat farzandlari"ning rivoji uchun o'z hissalarini qo'shishmoqda. Jumladan, polyak va ozarbayjon tillari mutaxassislari video-darsliklar yozish maqsadida Toshkentda bo'lib turishibdi.

Kuni kecha Andijon viloyatiga tashrif doirasida bo'lib o'tgan yoshlar bilan uchrashuvda davlatimiz rahbari xorijiy tillarni tizimli o‘rgatishga qaratilgan mazkur loyihadan faxrlanishini ta’kidlab o'tdi.

“Ibrat farzandlari” oilasi 2024-yilda Andijon viloyatida 100 ming, respublika bo’yicha esa 1 million nafar yoshlarga xorijiy tillarni mukammal o‘rgatishni maqsad qilgan.

Telegram | Instagram
Facebook | YouTube