Get Mystery Box with random crypto!

ABOUT PREDLOGiNING ISHLATILISHI haqida, to‘g‘risida: I sha | Ingliz Tilini O'rganamiz

ABOUT PREDLOGiNING ISHLATILISHI

haqida, to‘g‘risida:
I shall speak to him about the matter tomorrow.
Men bu masala
to‘g‘risida u bilan ertaga gaplashaman
He told us about his trip to the south.
U bizga o‘zining janubga sayohati haqida gapirib berdi
Izoh: Ba’zi fe’llardan keyin (to think, to hear, to speak, to tell va boshqalar) yuqoridagi ma’noda about predlogi bilan bir qatorda of predlogi ham ishlatiladi.
What are you thinking about (of)?
Siz nima haqda o‘ylayapsiz?
Izoh: Ammo to think fe’li fikrda bo‘lmoq, o‘ylamoq (qiziqmoq) ma’nosida va to hear eshitmoq (bilmoq) ma’nosida ishlatilganida shu fe’llardan keyin faqat of predlogi ishlatiladi.
What do you think of him?
Siz u haqda qanday fikrdasiz?
taxminan, atrofida, qariyb, -lar
It is about five o’clock now.
Hozir soat
taxminan 5 bo‘ldi.
There were about five hundred people there.
U yerda qariyb 500 kishi bor edi.
atrofga, atrofda, bo‘ylab, -da:
He looked about him.
U atrofiga qaradi.
He walked about the garden.
U bog‘ bo‘ylab sayr qildi
atrofga, atrofda, u yoqdan-bu yoqqa (ravish bo‘lib keladi).
He walked about in excitement
U hayajon bilan
u yoqdan-bu yoqqa
borib kelardi
I watched the children running about.
Men bolalarning atrofda (u yoqdan- bu yoqqa) chopishlarini tomosha qildim
about ishlatilgan iboralar
to be about to = -moqchi bo‘lmoq.
They
were about to leave
Ular jo‘namoqchi bo‘lib turgan ekanlar.
To be angry (annoyed, furious) about something (with somebody for doing something) biror ish qilgani uchun birovdan achchig‘lanmoq (g‘azab- lanmoq).
It’s stupid to get angry about things that don’t matter.
Bo‘lmagan ish uchun jahlingizning chiqishi ahmoqlik.
To be excited (worried, upset, nervous, happy) about -dan hayajon- lanmoq (tashvishlanmoq, kayfiyati buzilmoq, asabi buzilmoq, baxtli bo‘lmoq)
Are you excited about going on holiday next week?
Siz kelasi hafta dam olishga borayotganingizdan hayajonlanayapsizmi?
To bring about erishmoq, olib kelmoq
The new method suggested by Nomozov Boysoat brought about a great increase in the output of our shop.
Nomozov Boysoat taklif qilgan yangi uslub seximizda mahsulot ishlab chiqarishda katta o‘sishga olib keldi.
To
see about qaramoq, ko‘z-quloq bo‘lmoq (biror ishning qilinishini kuzatib turmoq)
My neighbour is going to see about getting tickets for next Saturday’s football game.
Mening qo‘shnim shanbadagi futbol o‘yiniga bilet olishga ko‘z-quloq bo‘lib turmoqchi
To be
sorry about uchun kechirim so‘ramoq
I’m sorry about the noise last night. We were having a party
Kechagi shovqin uchun kechirasiz. Biz ziyofat berayotgan edik.

Eng sara dars va qo'llanmalar bizning kanalda

Maksimal tarqatamiz

ESLATMA: 2022-2023 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini
@mandatlari_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Safimizga qoʻshiling
@InglizEnglish