Get Mystery Box with random crypto!

Bilib qoʻygan yaxshi 'for' - '-dan buyon' so'zi davomiy is | Ingliz Tilini O'rganamiz

Bilib qoʻygan yaxshi

'for' - '-dan buyon' so'zi davomiy ish-harakatlar uchun Present Perfect simple yoki Present Perfect continuous zamonlarida qo'llanishini bilamiz.
Lekin bu so'z o'tgan zamonda ham qo'llangan holatlar ham mavjud.
Bunday vaziyatlarda qaysi zamon qo'llashni bilish uchun ish-harakatning hozir ham davom etayotganligi yoki hozirga aloqasi bor-yoqligiga e'tibor beriladi.
Ian lives in London. He has lived here for 6 years. (U hozir ham Londonda yashaydi)
John lived in Scotland for 2 years. Now he lives in Manchester. (hozir Shotlandiyada yashamaydi)

Mazkur holatda o'tgan zamonda 'for' predlogi odatda tarjima qilinmaydi.
I have been working for this company for two years. (Men bu kompaniyada ikki yildan buyon ishlab kelyapman)
I worked at school for two years when I was in London. (Men Londondaligimda ikki yil maktabda ishlaganman)


Kanalga qo'shiling
@inglizenglish