Get Mystery Box with random crypto!

Except va Besides farqi (davomi) QOIDA: Except nimanidir safd | Ingliz Tilini O'rganamiz

Except va Besides farqi (davomi)

QOIDA
: Except nimanidir safdan chiqarishni, besides safga kirgizish, qo’shimcha qilishni bildiradi.

Eslatma: Tasavvur qiling bitta sinfda 30ta bola bor. Agarda sinfdagi 29ta bola hayvonot bog’iga borayotgan bo’lsa, lekin Sobir bormayotgan bo’lsa.
Biz buni: The whole class is going,
except Sobir. – Sobirdan tashqari butun gruppa boryabdi.(bitta Sobir bormayabdi)

Agar boshqa guruhdan Akmal ham borayotgan bo’lsa, biz buni :
Besides the class, Akmal is also going. – Sinifdan tashqari, Akmal ham boryabdi(sinf boryabdi qo’shimchasiga Akmal ham)

Bu ikki misolga yaxshilab e'tibor bering
He doesn’t know any foreign languages except German – U nemis tilidan tashqari birorta chet tilini bilmaydi. (bitta nemis tilini biladi)
He knows two foreign languages
besides German – U nemis tilidan tashqari ikkita chet tilini biladi (u nemis tilini biladi yana qo'shimcha 2ta tilni biladi)

Kanallarimiz


@InglizEnglish