Get Mystery Box with random crypto!

Mavzu: Present simple - Oddiy hozirgi zamon Ingliz tilida od | Ingliz Tilini O'rganamiz

Mavzu: Present simple - Oddiy hozirgi zamon

Ingliz tilida oddiy hozirgi zamon juda ko'p ishlatiladi. 1-, 2-shaxsda va 3-shaxsning ko'pligida oddiy hozirgi zamon hech qanday qo'shimcha talab qilmaydi.

Masalan:
1. I like a school - Men maktabni yoqtiraman.
2. We usually drink tea - Biz doim choy ichamiz.
3. You work in the shop - Siz do'konda ishlaysiz.
4. The children play in the home - U bolalar uyda o'ynashadi.

E'tibor beramiz, oddiy hozirgi zamon ayni paytda sodir bo'layotgan holatni bildirmayapdi. Odatdagi holatni ifoda qilyapdi. Ya'ni, hozirda shunday bo'lyapdi emas, odatda shunday bo'ladi deb tushunamiz. Hozirda bo'layotgan hodisani "ing" qo'shimchasi bilan ifodalaymiz va u davomli hozirgi zamon deyiladi. Hozirgi darsimiz esa oddiy yoki odatiy hozirgi zamon desak ham bo'ladi.

Odatiy hozirgi zamon 3-shaxs birlikda (he/she/it) kelsa harakatni bildiruvchi so'zning oxirgi harflariga qarab ies, es yoki s qo'shiladi.
Oxiri s, ch, sh harflari bilan tugagan so'zlarga "es" qo'shiladi.
Shuningdek "go" va "do" kabi so'zlarga ham "es" qo'shiladi.
Study, carry kabi so'zlarda "y" tushib qolib, "ies" qo'shiladi: studies, carries.
Boshqa so'zlarda "s" harfi qo'shiladi: plays, works, reads.
Have so'zi 3-shaxs birlikda "has" so'ziga aylanadi.

@Inglizenglish