Get Mystery Box with random crypto!

#grammar_time Mavzu: ​​​Ingliz tilida zamonlar Qisqacha ta | Ingliz Tilini O'rganamiz

#grammar_time

Mavzu: ​​​Ingliz tilida zamonlar

Qisqacha tavsif


Ingliz tilidagi zamonlar tizimi murakkab mavzudek tuyuladi, chunki ular o'zbek tilidagidan farq qiladi, ammo o'xshash jihatlari ham talaygina. Ingliz tilidagi zamon tizimi qat'iy tartibga, mantiqqa va grammatika qonunlariga bo'ysunadi.

Umuman olganda, ingliz tilida 12 ta zamon bo'lib ular 4 guruhga bo'linadi:

Simple - oddiy zamonlar guruhi

Continuous - davomli zamonlar guruhi

Perfect - tugallangan zamonlar guruhi

Perfect continuous - tugallangan davomli zamonlar guruhi

Ingliz tilida fe'l bilan ifodalangan harakat o'tmishda, hozir yoki kelajakda sodir bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra, yuqorida ko'rsatilgan guruhlarning har biri o'tgan zamon (past tense), hozirgi zamon (present tense) yoki kelasi zamon (future tense) bilan ifodalanadi.

Ba’zi adabiyotlarda Future in the past (o’tgandagi hozirgi zamon)ni ham zamonlar safiga qo’shiladi va ingliz tilida 16ta zamon bor deb aytiladi. Lekin eng asosiy zamonlar 12ta hisoblanadi va zamonlarning nechtaligi grammatikani yaxshi o’zlashtirishingizga monelik qilmaydi.

@InglizEnglish