Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​ ​​​@Inglizcha_lugatlaruz To‘g‘ri va noto‘ | Inglizcha Lug‘atlar

​​​​​​​​​​​​​​​​ ​​​@Inglizcha_lugatlaruz

To‘g‘ri va noto‘g‘ri fe'llar (davomi)


Ingliz tilidagi fe'llar ikkiga bo'linadi: to‘g‘ri fe'llar hamda noto‘g‘ri
fe'llar.
Bunday ikkilik hosil bo‘lishiga o‘ziga yarasha sabablar mavjud.
Qadimda Angliyada qirollar va saroy ayonlari fransuz tilida
gaplashishgan, cherkov lotin tilida suhbatlashgan. Ingliz tilida bo‘lsa
asosan qaroqchilar, ko‘cha bezorilari, kambag‘al aholi suhbatlashgan, shu
bois, ko‘plab fe'llar buzib aytilgan, mana shuning natijasida fe'llar to‘g‘ri
hamda noto‘g‘ri turga bo‘linib ketgan.
Ularning o‘rtasida uncha katta farq yo‘q.
To‘g‘ri fe'llarga O'tgan zamonda hamda uchinchi ishlatilish holatida +ed qo‘shimchasi qo‘shiladi, xolos.
Misol, play – played, count – counted va h.k.

Noto‘g‘ri fe'llarni bo‘lsa o‘tgan zamonda, ya'ni V2 hamda V3
holatida shakli butunlay o‘zgartirib yuboriladi.

V2 – bu Past Simplening xabar gapidagina qo‘llaniladi, xolos. Shu
bois, ularni yodlab olish zarar qilmaydi. Qayerda V2 formulasini ko‘rsangiz, demak u Past Simplening xabar gapi bo‘lib chiqadi.

V3 – Perfect zamonlarda, Passive zamonlarda hamda sifatdoshda
ishlatiladi. Qayerdaki, V3 formulasini ko‘rsangiz, demak bular yuqorida
sanab o‘tilganlardan biridir!

Quyidagi rasmli jadvalda regular verbs'ning uchta shakli bo‘yicha misollar keltiriladi.


@inglizcha_lugatlaruz