Get Mystery Box with random crypto!

Yillarning nomi bilan artiklning ishlatilishi : Yillarnin | Inglizcha Lug‘atlar

Yillarning nomi bilan artiklning ishlatilishi :

Yillarning oldida odatda artikl ishlatilmaydi:

In 1970 - in nineteen seventy

Yillar nomi ko’plikda kelib. ‘-s’ olgan bo’lsa ‘the’ bilan keladi:

In the 1970s - in the nineteen seventies, in the 70s - in seventies.

Fasllarning nomlari bilan artiklning ishlatilishi:

Fasllaring nomlari odatda artiklsiz, yoki ba’zan ‘the’ bilan ishlatilaveradi:

I like spring. We go to Tashkent in spring. We went to Tashkent in the spring.
The winter came. He stayed until (the) spring.

‘in the fall’ (‘kuzda’) birikmasi har doim ‘the’ bilan ishlatiladi:

It happened in the fall.

'of’ li birikma, gapning mazmuni, yoki biror holat orqali ajratib aytilganda ham ‘the’ bilan ke¬ladi:

It was the autumn of 1949. The sea looked like slate, cold still from the long winter.

'during’, ‘for’, 'through' predloglari bilan kelganda ham ‘the' bilan ishlatilladi:

for the winter during the autumn / through the summer

Sifatlovchi aniqlovchilar bilan kelganda ‘a’, 'an’ ishlatiladi:

It was a warm winter. It was a rainy autumn.

'late, 'early', 'high’, ‘broad’, 'real’ so’zlaridan keyin kelganda artikl ishlatilmaydi:

It was late autumn.

Join and share!
@inglizcha_lugatlaruz