Get Mystery Box with random crypto!

‘Weather’ so’zi bilan artiklning ishlatilishi : 'Weather | Inglizcha Lug‘atlar

‘Weather’ so’zi bilan artiklning ishlatilishi :

'Weather’ so’zi hech qachon noaniq artikl bilan ishlatilmaydi.

Ob-havo haqida umumiy qilib gapirilayotganda 'weather’ so’zi artiklsiz ishlatiladi:

I like good weather.

Ma’lum bir kun, fasl, yil, oyga nisbatan gapirilayotganda esa 'weather’ so’zidan oldin 'the’ keladi:

What is the weather like today?

Kun va tun qismlarini bildiruvchi so’zlar bilan artiklning ishlatilishi :

Bu guruhga day, night, evening, morning, noon, afternoon, dusk (shom, kechki g’ira-shira), twilight (shom vaqti), midnight, nightfall (kunning yorug’ligi ketgan vaqt), daytime, sunrise, sun¬set, dawn so’zlari kiradi.

Bu so’zlar quyidagi hollarda artiklsiz ishlatiladi:

At, after, before, by, till, until, towards, past predloglari bilan kelganda:

at night, by evening / past midnight

Ot-kesim tarkibida kelganda:

It was evening

Hafta kunlarini bildiruvchi so'zlar, yoki 'yesterday’, 'tomorrow’ kabi so’zlardan keyin kel¬ganda:

tomorrow evening / last Monday afternoon

all day, all day long, all night, all night long, day after day, day in day out, from morning till night, night after night, day and night, night and day, from day to day birikmalarida.

'late’, 'early’, 'high’, broad’, 'real’ so’zlaridan keyin kelganda:

early morning late evening

Quyidagi hollarda noaniq artikl bilan ishlatiladi:

Sifatlovchi aniqlovchilar bilan kelganda:

It was a frosty night.

Fasllar nomidan keyin kelganda:

He told me how the sun set there on a spring afternoon.

'bir’, 'bitta’ ma’nosini berish uchun:

I must go there for a day.

Bu ma'noda ko’pincha 'for', 'in', 'on' predloglaridan keyin keladi: in a day - bir kundan keyin for a night - bir tun uchun

Quyidagi hollarda aniq artikl bilan ishlatiladi:

Aniqlovchi birikma bilan ajratilib va aniqlanib kelganda:

The Wednesday before Christmas was day off.

'of’ li birikma, gapning mazmuni, yoki biror holat orqali ajratib ko’rsatilayotgan bo’lsa:

The morning of his departure. The rain had stopped and the night was starry.

‘in’, 'during’, ‘through’ predloglari bilan kelganda:

in the morning through the night during the evening

‘other’ so’zi bilan kelganda:

The other day the other night

Join and share!
@inglizcha_lugatlaruz