Get Mystery Box with random crypto!

Dars #36 could modal fe'lining kelajak uchun va boshqa ma'nol | Mahsulotlar

Dars #36 could modal fe'lining kelajak uchun va boshqa ma'nolarda ishlatilishi

could modal fe'li hozirgi va kelasi zamon uchun ham qoʻllana oladi. Bunday vaziyatlarda could +V1 biror ish-harakat sodir boʻlishi ehtimolligi yoki mumkinligini bildiradi.
The price of petrol could rise next month. (Benzin narxi keyingi oy oshishi mumkin.)

Bundan tashqari kelajakda could +V1 taklif kiritish uchun ham qoʻllanadi.
A: What shall we do this evening?
B: We could go to the cinema. (Kinoga borishimiz mumkin.)

could modal fe'li haqiqatdan yiroq, mubolag'a qilingan gaplarda qoʻllanishi ham uchrab turadi.
I am very tired. I could sleep for a week!

Oʻtgan zamonda biror ish qilish imkoni boʻlib, amalga oshmagan boʻlsa qilsa boʻlardi, mumkin edi degan ma'nolarda could +have +past participle shakli qoʻllaniladi.
We didn't go out last night. We could have gone to the cinema. (Kecha biz koʻchaga chiqmadik, biz kinoga borishimiz mumkin edi)
You could have helped me at the exam, I was sitting next to you. (Sen menga imtihonda yordam berishing mumkin edi, yoningda oʻtirgan edim)
If he had brought the dictionary, I could have translated the text. (Agar u lug'atni olib kelganingda, men tekstni tarjima qilgan boʻlardim)
Yuqoridagi misollardan bilsa boʻladiki, oʻtgan zamonda bu ishlar amalga oshmagan.

Oʻtgan zamonda har qanday holatda ham sodir boʻlishi mumkin boʻlmagan ish-harakatlar uchun baribir qila olmasdi, mumkin emas edi, iloji yoʻq edi degan ma'nolarda couldn't have+past participle shakli qoʻllaniladi.
The football match was cancelled last week, Tom couldn't have played anyway because he was ill. (Futbol oʻyini oʻtgan hafta bekor qilindi, Tom baribir oʻynay olmas edi, chunki u kasal edi.)
You couldn't have stayed at my house when you were in New York because I was away at that time. (Siz Nyu-Yorkka kelganingizda mening uyimda qololmas edingiz, chunki men oʻsha paytda uzoqda edim.)
Yuqoridagi misollardan bilsa boʻladiki, bu ish-harakatlar imkon boʻlganda ham amalga oshmagan boʻlardi.

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒅𝒂𝒏 𝒏𝒊𝒎𝒂𝒅𝒊𝒓 𝒚𝒂𝒙𝒔𝒉𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒕𝒐𝒑𝒔𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛, 𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉 𝒇𝒂𝒛𝒍𝒊𝒅𝒂𝒏 𝒅𝒆𝒃 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒏𝒈. 𝑵𝒆𝒌𝒊 𝒌𝒂𝒎𝒄𝒉𝒊𝒍𝒊𝒌𝒍𝒂𝒓 𝒃𝒐'𝒍𝒔𝒂, 𝒌𝒂𝒎𝒊𝒏𝒂𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒆'𝒕𝒊𝒃𝒐𝒓𝒔𝒊𝒛𝒍𝒊𝒈𝒊𝒈𝒂 𝒚𝒐'𝒚𝒊𝒏𝒈...

@Ingliz_Tilini_OrganamizUZ