Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etildi
Institut
to‘qimachilik sanoati tarmoqlari uchun mehnat bozorida raqobatbardosh, yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi.
Institutda o‘quv jarayoni
2023/2024-o‘quv yilidan boshlanadi va
kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
2024/2025-o‘quv yiliga qadar Institut huzurida
to‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
2026/2027-o‘quv yiliga qadar Institutning kamida
2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va
3 ta magistratura mutaxassisligi
xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, Institut tarkibida:
Ilg‘or to‘qimachilik muhandisligi maktabi;
talabalar uchun
Dizayn studiyasi;
ilmiy-tadqiqot yutuqlarini tijoratlashtirish bilan shug‘ullanuvchi
Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi tashkil etiladi.
@DTM_AXBOROTI_UZ