Get Mystery Box with random crypto!

2-formula Shaxslarga tegishli fikrlar 1. “Yetarlicha suvni ha | Mahsulotlar

2-formula Shaxslarga tegishli fikrlar

1. “Yetarlicha suvni ham, yerni ham, quduq tubidan topasizda” - Spartaliklar forslarga aytishgan

2. “Yunonlar ozodligi Xeroniya ostonasida halok bo’lganlar bilan birgalikda dafn etildi” - Demosfen

3. “Bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas”, “Hamma narsa oqadi, hamma narsa o’zgaruvchandir” - Geraklit

4. “Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayda-mayda zarralarda -
atomlardan tashkil topgan” - Demokrit
5. “Insonda hech qanday ehtiyoj bo’lmasligi kerak” - Diogen

6. “Evrika” - Arximed

7. “Menga tayanch nuqtani topib bersangiz, Yerni ag’darib yuboraman” - Arximed

8. “Mening chizmalarimga qo’l tekkizmagin” - Arximed rimlik
askarga

9. “Hech narsani bilmasligimni bilganim uchun ham meni donishmand deb hisoblashsa kerak” - Suqrot

10. “O’z-o’zingni angla” - Delfiya ibodatxonasida yozib qo’yilgan
hikmatli so’z- Suqrotning sevimli so’zlari

11. “Shuncha narsadan bemalol voz kechib ham yashash mumkinligi naqadar ajoyib!” - Suqrot bozorda sayr qilib yurganida aytgan

12. “Keyin qo’shin bilan saklar ustiga yurish qildim.
….Men shunday bo’lishini xohladim. So’ngra bu mamlakat menga tobe bo’ldi” - Doro I ning Behistunda yozib qo’yilgan gaplari

13. Amudaryodan ikki podsho kechib o’tgani, ikkalasi ham mag’lubiyatga uchragani, shu bois yurishga yaxshi tayyorgarlik ko’rish kerakligi lozimligi to’g’risida maslahat - Aristotelning Aleksandrga maslahati

14. “Qur’a tashlandi” - Yuliy Sezar

"Tarixni o'rganishning 22 formulasi" kitobidan

@DTM_AXBOROTI_UZ