Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum mening kichkinagina olamimda borlar. Barchang | My personal blog

Assalomu alaykum mening kichkinagina olamimda borlar. Barchangizga tashakkur!!!
Bugun yaxshi xushxabar bilan kunni boshlamoqchiman.
E'tirof etishim kerak bo'lgan bir qancha insonlar bor. Avvalo, ingliz tilini o'rganish ma'noda 6-sinfligimdan boshlangan va ana o'sha paytlarda menga ilk talaffuz, so'zlarning o'qilishi ingliz tili muhiti haqida ilk tushunchalarni bergan ustozim Muyassar Qurbonova bo'ladi.
Undan so'ng matematikaga bo'lgan qiziqish o'z domiga tortib ketgan. Matematika bo'yicha ketdim. 2022-yil boshi fevral oyida yana ingliz tiliga qaytdim va bir necha o'qituvchilardan ta'lim oldim. Fevral va mart oylarida gramatikani noldan o'rgatgan Nazira(xon). So'ngra general Englishni kuchaytirishim kerak edi va English Focus online kursida o'qidim. Keyin, Everest o'quv markazida Intizor O'roqovadan ielts haqidagi bilimlarni oldim. Bu ilmlarni yanada mustahkamlash uchun IELTS ZONE dagi Ulug'bek To'lqinovdan ko'nikmalarni o'zlashtirmoqdaman.
Bundan tashqari TDIU da ta'lim beradigan menga ingliz tilini yanada sevibroq o'qishimga hissa qo'shgan ustozim Umida Agzamova ham borlar.
Bugun sizlarga suv quygan ko'chat o'z mevasini berdi.
Men Multilevel testidan B2 ni qo'lga kiritdim. Barchangizga katta rahmat. Sizlarga o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman. Insha'Alloh sizlar bergan tarbiya, ta'lim mening kelajakdagi muvaffaqiyatli hayotimni qurishimda asqotadi.

Shu yergacha o'qib kelganlar ga rahmat.