Get Mystery Box with random crypto!

#prepositions #grammar Prepositions (Predloglar) Prepositi | Ingliz tili | IELTS

#prepositions #grammar
Prepositions (Predloglar)

Preposition ingliz tilida oʻziga xos soʻz turkumi boʻlib, oʻzbek tilidagi kelishik qoʻshimchalari va koʻmakchi vazifasini bajaradi. Mavzuda ularni umumiy nom bilan koʻmakchi deb qoʻllashni lozim topdim.

Ingliz tilidagi koʻmakchilar mavzusi eng katta va eng murakkab mavzulardan hisoblanadi, chunki koʻmakchilarning asosiy qismi gapda qanday vaziyatda ishlatilishi, qaysi fe'l bilan ishlatilishiga qarab ma'nolari oʻzgarib turadi.

Masalan, at koʻmakchisini olamiz. Mazkur koʻmakchi 4 vaziyatda toʻrt ma'noda :
oʻrin-joy uchun (at the door - eshik yonida),
vaqt uchun (at 5 oʻclock - soat 5da)
fe'l bilan (to laugh at - ustidan kulmoq)
fe'l bilan (to hint at - sha'ma qilmoq, ) degan ma'nolarda  ishlatilishi mumkin.

Koʻmakchilarni oʻrganishda ulardan eng universallarini oʻrganishdan boshlaymiz. Bu universal koʻmakchilar in/on/at hisoblanadi va ularning paytni bildiruvchi birikmalarda ishlatilishini ko'rib chiqamiz:
at koʻmakchisi kun davomidagi aniq vaqtni koʻrsatishda qoʻllaniladi.
at 5 oʻclock at sunrise at noon at night at sunset at 5:45 at midnight
at dawn at dusk

at koʻmakchisi bilan qoʻllaniladigan boshqa payt ravishlarni koʻrsatib oʻtaman:
at first at once at the moment at the beginning at length at last at present at the end at the weekend at a time at Easter at weekends at Christmas at the same time at the age of …

on koʻmakchisi hafta kunlari, aniq sanalar oldidan va tarkibida day/eve/anniversary soʻzlari boʻlgan birikmalarda qoʻllaniladi.
on Sunday/Monday on 12th May on Christmas Day on New Year's Eve on anniversary  on sb's birthday on the appointed day on one occasion

in koʻmakchisi uzoqroq davom etadigan muddatlarni (yil oylari/fasl/yil/oʻn yillik/asr/davr) bildiradigan soʻzlar oldidan qoʻllaniladi.
in October in 1991 in the 15th century in the past in my childhood in (the) winter in the 1990's in the Middle Ages in the future in my thoughts

kun davomidagi davrlarni bildiruvchi soʻzlar in koʻmakchisi bilan qoʻllaniladi.
in the morning in the afternoon in the evening in the night

last/next/this/every soʻzlari oldidan in/on/at predloglari payt ravishini bildirganda qoʻllanilmaydi.
I will see you next Friday. (on next Friday emas)
They got married last March. (in last March emas)

in+muddat kelajak zamonda ishlatilganda in koʻmakchisi keyin deb tarjima qilinadi.
The train will be leaving in a few minutes. (Poyezd bir necha daqiqadan keyin joʻnab ketadi)
Jack has gone away. He will be back in a week. (Jek sayohatga ketdi. U bir haftadan keyin qaytadi)

Hozirgi va oʻtgan zamonda muddatni bildiradigan soʻzlar bilan qoʻllanilganda in koʻmakchisi ichida deb tarjima qilinishi mumkin.
I learnt to drive in four weeks. (Men toʻrt hafta ichida haydashni oʻrgandim.