Get Mystery Box with random crypto!

TO PREDLOGI Ish-harakatning biror joyga yoki biror shaxsga | Ingliz tili | IELTS

TO PREDLOGI

Ish-harakatning biror joyga yoki biror shaxsga qarab yo‘nalishini bildiradi, qayerga? degan savolga javob bo‘ladi.

Send him to the manager at once.
Uni darhol menejerga jo‘nating.

Ish-harakatning kimga qaratilganligini bildiradi:

I wrote a letter to my father yesterday
Kecha men otamga xat yozdim.

O‘zidan keyin to predlogini talab qiluvchi fe’llar:

to agree to — -ga rozi bo‘lmoq, qo‘shilmoq
to amount to — (summani) tashkil etmoq, -gacha yetmoq
to apologize to — -dan uzr so‘ramoq
to attach to -ga ilova qilmoq
to belong to -ga tegish- li, qarashli bo‘lmoq
to happen to -ga nima- dir bo‘lmoq
to listen to -ga quloq solmoq, -ni tinglamoq
to object to -ga qarshi bo‘lmoq, -ga e’tiroz bildirmoq
to pay attention to -ga e’tibor bermoq
to call (draw) smb.’s attention to — birovning diqqatini … -ga tortmoq, jalb qilmoq
to prefer to — -dan afzal ko‘rmoq
to reply to -ga javob bermoq
to refer to — -ga havola qilmoq, -ni dalil keltirmoq
to seem (appear) to — tuyulmoq, bo‘lib ko‘rinmoq
to subscribe to -ga obuna bo‘lmoq
to telephone to — -ga qo‘ng‘iroq qilmoq
to talk(speak) to bilan gaplashmoq