Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​ -ING qo’shimchasining turli holatlarda ishla | Ingliz tili | IELTS

​​​​​​​​​​​​​​

-ING qo’shimchasining turli holatlarda ishlatilishi (davomi)

ING qo’shimchasi qo’shilgan fe’l predloglardan keyin ishlatiladi.

Before leaving, you need to speak to Sarah. – Ketishingizdan avval Siz Sara bilan gaplashishingiz kerak.

After discussing it with her, I’ve changed my mind. – U bilan muhokama qilganimdan so’ng men fikrimni o’zgartirdim.

Instead of feeling sorry for yourself, do some work for charity. – O’zingga achinishdan ko’ra bir oz hayriya qil.


Agar “to” yuklama emas, predlog sifatida ishlatilsa, undan keyin fe’l ING qo’shimchasi bilan birga ishlatiladi.

I don’t object to working this Sunday. – Men bu yakshanba ishlashga qarshi emasman.

I’m looking forward to seeing him again. – Men uni yana ko’rishni umid qilib kutayapman.

I’m used to working long hours. – Men uzoq soatlar davomida ishlashga ko’nikkanman.