Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​ Too - judayam Ingliz tilida 'too' so'zi gapn | Ingliz tili | IELTS

​​​​​​​​​​​​​​

Too - judayam

Ingliz tilida "too" so'zi gapning oxirida kelsa "ham" degan ma'noni bildiradi. Bu darsda esa bu so'zning "judayam" degan ma'nosini o'rganamiz.

Holatlarning haddan ortiqligini bildirib, ko'proq salbiy ma'no kasb etadi. O'zbek tiliga "judayam", "o'ta", "chidab bo'lmaydigan darajada", "haddan tashqari" kabi tarjima qilish mumkin.
Misol:
The radio is too loud - Radioning ovozi judayam baland.
There is too much rain - Bu yerda juda ko'p yomg'ir yog'adi.


"Too" odatda "not enough"ning aksi bo'ladi:
Misol:
There is too much sugar in my coffee
- Meni kofeyimda shakar o'ta ko'p.
There isn't enough sugar in my coffee
- Meni kofeyimda shakar yetarli emas.


"To" bilan kelishi:
It is too cold to go out
- Hozir tashqariga chiqqani o'ta sovuq.


"For" bilan kelishi:
These shoes are too big for me
- Anavi oyoq kiyim menga juda katta.


https://t.me/ingliz_tili_IELTS_uzb
https://t.me/ingliz_tili_IELTS_uzb