Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Ingliz tilida artik | Ingliz tili audio

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​ Ingliz tilida artikl

Artikl o’zbek tilida yo’q. Shuning uchun ingliz tilini birinchi marta o’rganayotgan kishi uchun artiklni tushunish bir oz qiyinroq bo’ladi. Ammo qo’rquvga berilmang, imkonsiz narsaning o’zi yo’q – yaxshi harakat qilsangiz, artiklni ham juda oson o’rganib olishingiz mumkin!

Artikl – bu ingliz tilidagi otlar oldidan ishlatiladigan kichik bir so’z.

Ingliz tilida otlar oldidan har doim artikl ishlatilishi kerak. Ba’zan esa otlar oldidan artiklning ishlatilmaslik holatlari ham bo’ladi. Bu darsdan ko’zlangan asosiy maqsad – artikl haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, artikl turlarini bilib olish va artiklning ishlatilishini tushunib olishdir.

Ingliz tilida 2 hil artikl bor: NOANIQ ARTIKL (a/an) va ANIQ ARTIKL (the).

Noaniq artikl donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.

Noaniq artikl, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi: A yoki AN noaniq artikli.

“A” noaniq artikli undosh tovush bilan (e’tibor bering: undosh harf bilan emas, tovush bilan!) boshlanuvchi, donalab sanaladigan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Masalan: a computer, a dog, a helicopter, a cell-phone.

“AN” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanadigan, donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Masalan: an apple, an accident, an umbrella, an instrument.

“A” yoki “AN” noaniq artikli so’zlovchi va tinglovchiga noma’lum bo’lgan, u haqida birinchi marta gapirilayotgan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.

Noaniq artikl otlardan oldin ishlatilganda o’sha otning “bitta” ekanligini bildiradi.
Masalan: an apple – (bitta) olma, a computer – (bitta) kompyuter.

Ammo noaniq artikl to’g’ridan-to’g’ri “bitta” degan so’z tarjimasini bermaydi.

Artikl ingliz tilidagi eng muhim va eng katta mavzu hisoblanadi. Shu sababli artiklga oid darslarni bir necha qismlarga bo‘lib o‘tamiz.

•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•┈•
@YURAK | Statuslar kanali
@YorqinHayotUz | Yuksalish kanali

BIZGA QO'SHILING
➥https://t.me/ingliz_tili_audio