Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida ish, kasb, lavozim va mehnat faoliyati ma'nosida | Ingliz tili audio

Ingliz tilida ish, kasb, lavozim va mehnat faoliyati ma'nosidagi so'zlar:

job - ish, kasb (haq to'lanadigan mehnat faoliyati) Mazkur ma'noda 'job' to'liq yoki yarim stavka ish degan birikmalarda ham ishlatiladi (a full-time or part-time job)
do (something for a living) - kun kechirish uchun qilinadigan ish degan ma'noda ishlatiladi
occupation - ish, kasb (mazkur so'z 'job' so'zi bilan bir xil ma'noga ega bo'lsa ham, rasmiy uslubda ishlatiladi va keng tarqalmagan)
post/position - lavozim (biror bir tashkilotda egallagan o'rin, mavqe ma'nosida kelib, mazkur so'zlar rasmiy ma'noga ega va odatda ko'proq mas'uliyat talab qiladigan ishlarga nisbatan ishlatiladi)
career - mehnat faoliyati, ish faoliyati
trade - kasb (odatda qo'l mehnatiga asoslangan ishlarga nisbatan ishlatiladi)
profession - kasb, mehnat faoliyati (odatda, yuqori malaka talab qilinadigan ishlarga nisbatan ishlatiladi)

@YURAK | Statuslar kanali
@YorqinHayotUz | Yuksalish kanali

BIZGA QO'SHILING
➥https://t.me/ingliz_tili_audio